Ish haqida
    
 
        Ushbu kartina boshqa asarlardan mazmuni, mavzusi va ishlash uslubi bilan butunlay farq qiladi. Asar qahramoni oshiq qariya bo’lib, yoshi ancha ulg’aygan deyarli umrining ko’p qismini yashab o’tgan chol yosh ko’rkam qizga oshiq bo’ladi. Uning yo’llariga intizor bo’lib, qo’llarida hadya bilan kutadi. Qiz qiyofasi go’zal, yosh. uzun qora sochli, liboslari o’ziga yarashgan, sarvqomat qilib ishlangan. O’rtadagi notenglikni yanada bo’rttirib ko’rsatish maqsadida muallif obrazlar hajmini kontars holatda tasvirlagan. Asar kompozitsiyasida ishlangan fon manzarasi, ochilgan gullar bahor mavsumi ekanligiga ishora qiladi. Rassom ushbu asari orqali inson jimonan qariganda ham qalbi va ruhi o’zgarmasligi, ishq atalmish ilohiy tuyg’uning chegara bilmasligini takidlaydi.
    
 - 
                Ish yaratilgan yil:
             - 
                2013
             
- 
                Ishning o'ziga xosligi:
             - 
                O'ziga xos ish
             
- 
                Bezatish:
             - 
                Yo'q
             
- 
                O'lcham:
             - 
                70x90
             
- 
                Ishlar seriyasi:
             - 
                Maishiy
             
- 
                Shahar:
             - 
                Samarqand
             
- 
                Toifa va usul:
             - 
                Moybo'yoq, mato bo'lagi