Ish haqida
Maishiy janrda ishlangan ushbu asarda muallif tomonidan tungi qochish manzarasi mohirona tasvirlangan. Kompozitsiyada qochayotgan personajlar asosiy planda, asar markazida tasvirlangan. Ularning ulovi ham bo’lib, bu kompozitsiya mazmunini yanada tushunarli qilib ochib beradi. Asar qahramonlarining biri yo’lboshlovchi hamrohlarini olg’a yurishga undamoqda. Yana biri yelkasiga sherigini mingashtirgancha qochmoqda. Balki u yarador, balki charchoqdan tinkasi qurugani sababli yurishga madori yo’q. Muallif kompozitsiya voqeligini shu darajada mohirona tasvirlaganki, tomoshabin asar personajlari tuyg’ularini his eta oladi. Tanlangan boy kalorit esa asar mazmunini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Ish yaratilgan yil:
2023
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
95x105
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst