"Qurbonlik"
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    66x80
  • Narx
    30,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Musulmon olamining eng ulug’ bayramlaridan biri bu “ Iydi Qurbon” hayiti hisoblanadi. Bu kunda insonlar imkoniyatidan kelib chiqqan holda qurbonlik keltirishadi. Yuqoridagi kartina ham aynan shu mavzuda yaratilgan bo’lib, ijodkor qurbonlikning butun holatini yagona tasvirga jamlagan. Kartinada qizil rang ustuvor bo’lib, bu tasvir ma’nosini yanada kuchaytirgan. Qurbonlik uchun munosib joy tanlanib, azim chinor ostida o’ra qazilgan. Daraxt shoxida oq mato, pichoq va arqon osilgan holatda turibdi. Qurbonlik uchun tanlangan qo’y “qurbonlik” qoidasiga to’la mos keladi. Ijodkor tasvirda oq, qizil, to’q jigarrang, qora va yashil ranglardan foydalangan. Osmonda bilinar - bilinmas yangi chiqqan oy tasviri chizilganligidan, tomoshabin muqaddas bayramning butun shukuhini anglab olishi shubhasiz.
  • Ish yaratilgan yil:

    2022

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    66x80

  • Ishlar seriyasi:

    Animalizm

  • Shahar:

    Samarqand

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q