Ish haqida
Asar maishiy janrda yaratilgan bo’lib, sayohat qilayotgan yo’lovchilar talqinida insonlarning turmush tarzlari yoritib berilgan. Ushbu kartina bizga tanish bo’lgan asarlardan ko’p jihatlari bilan farq qiladi. Ijodkor kartinani nafaqat moybo’yoq yordamida, shuningdek, mato parchalaridan foydalandan holda tasvirlangan. Bu esa tomoshabinning asarga bo’lgan qiziqishini yanada oshiradi. Kartina eshak- aravada yo’lga chiqqan oila to’g’risida. Oila a’zolari xursandchilik bilan sayohatga yo’l olishar ekan, shahar ahli ham ular bilan qo’shiq va kuylar yordamida xayrlashmoqda. Ijodkor har bir dekoratsiyaga diqqat bilan e’tibor bergan. Kartina qahramonlarining liboslari milliy mato parchalari yordamida o’z davriga mos qilib ishlangan. Kartinaning o’ng taraf yuqori qismida quyosh tasviri orqali ijodkor ayni vaqt yoz pallasi ekanligi va dam olish uchun qulay fursat ekanligi ham e’tibordan chetda qoldirmagan.
Ish yaratilgan yil:
2020
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
100x100
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moybo'yoq, mato bo'lagi