Ish haqida
Ko’rib ham ushlab ham bo’lmaydiga ajid tuyg’u bo’lmish sevgini tasvirlash juda qiyin. Buning uchun rassomdan o’ziga hos mahorat talab etiladi. Yuqoridagi kartinada ijodkor sevishganlarni tasvirlashda qo’shimcha detallarga tayangan. Yon tarafda gullab turgan daraxt baxt ramzi sifatida, sevishganlar oldidagi bir juft anor esa oila ramzi sifatida kompozitsiyani mukammal xolatda to’ldirgan. Asar markazida yosh juftlik. Yigitning qo’lida soz. O’z yoriga sevgi kuyini chalib bermoqda. Qizning qo’lida may to’la idish. U yoriga may quyib uzatmoqda. Bu o’ziga hos majoyiz manoga ega hodisa sanalib, may ilohiy muhabbat belgisidir.
Ish yaratilgan yil:
1994
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
50x60
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst