Ish haqida
Ijodkor asarda sevishganlar obrazini gavdalantirgan. Syujetlar rang-barang, bir-biriga mutanosib. Undagi faol timsollar, turli liboslar, unsurlar va ranglar inson ruhiyatidagi ichki xotirjamlikni yuzaga keltiradi. Asardagi bezakdorligi va bu bezaklarning nozikligi, alohida rang koloritlarining kuchayishi, plastikaning uzviyligi obrazlar talqinini yanada kuchayib ko’rsatishga sabab bo’lgan.
Asar markazida tasvirlangan ikki sevishgan oq libosda, yigitning qo’lida anor. Bu o’ziga hos timsol bo’lib, anor oila ramzi. U yangi qurilgan yana bir yosh oila belgisidir. Ularning yon atrofida turli personajlar: surnaychi, lagan ko’targan yigit va ayollar tasvirlangan. Ular umumiy holatda mukammal kompozitsiyani tashkil qilgan.
Ish yaratilgan yil:
2018
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
70x80
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Termiz
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst