Ish haqida
Surxondaryolik qishloqdoshlarning obrazi aks ettirilgan asar.
Ushbu kartina triptix bo’lib, asar umumiy badiiy gʻoya hamda mavzu bilan birlashtirilgan.Obrazlarning barchasi oddiy surxandaryoliklar sanaladi. Birinchi asarda surxondoryolik qishloqdoshlarning to’y marosimini o’tkazish jarayoni aks etgan. Markazda Surxondaryo uslubidagi qalpoq va chopon kiygan surnaychi, undan sal yuqoriroqda o’choqdan taom suzayotgan ayol va erkak obrazi, quyi qismda esa ikki qishloqdoshning ish ustidadi suhbati tasvirlangan. Ijodkor qishloq manzarasini orqa fondagi pastak uylar, barg yozgan daraxtlar, charxpalakning sokin aylanish holatini mahorat bilan tasvirlagan. Asar oq, qora va to’q jigarrang ranglarda akvarel qog’ozda ishlangan. Kartinani tomosha qilgan tomoshabin bir qarashdayoq go’yo butun to’y manzarasini kuzatgandek ishtiyoqni his etadi.
Asarda ijodkor ranglardan mohirona foydalangan bo’lib, bu tomoshabinni tasvirni yaxshiroq anglashiga yordam beradi.
Ish yaratilgan yil:
2020
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
45x65
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Termiz
Toifa va usul:
Akvarel, qog'oz