Ish haqida
Surxondaryolik qishloqdoshlarning obrazi aks ettirilgan asar.
Ushbu kartina triptix bo’lib, asar umumiy badiiy gʻoya hamda mavzu bilan birlashtirilgan.Obrazlarning barchasi oddiy surxandaryoliklar sanaladi.
Ikkinchi kartinada Surxondaryoning eng qadimiy va go’zal an’analarini o’zida mujassam etadigan turli xil do’ppilarni tikuvchi ayol siymosi aks etgan. Unda oq – qora rang bilan ishlangan “munchoq” yoki “shabanok” deb nomlangan do’ppilarini boshi va qo’lida tutgan ayol aks etgan. Asar ko’p panelli chizgilardan foydalanilgan bo’lsada, ma’no o’zgarmagan, bir xillikni saqlab qolgan. Orqa fondagi personajlarda ayol va qizlarning do’ppi tikish holatlarini aks ettirgan.
Asarda ijodkor ranglardan mohirona foydalangan bo’lib, bu tomoshabinni tasvirni yaxshiroq anglashiga yordam beradi.
Ish yaratilgan yil:
2020
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
53x65
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Termiz
Toifa va usul:
Akvarel, qog'oz