"Surxondaryoliklar" turkumidan 3
  • Akvarel, qog'oz
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    45x65
  • Narx
    15,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Surxondaryolik qishloqdoshlarning obrazi aks ettirilgan asar. Ushbu kartina triptix bo’lib, asar umumiy badiiy gʻoya hamda mavzu bilan birlashtirilgan.Obrazlarning barchasi oddiy surxandaryoliklar sanaladi. Uchinchi qismda daraxtlar, davr ruhiyatini ko`rsatib beruvchi uylar va o`tov tasvirlangan. Bu esa o`tovda yashash an`anasi bugungi kunda ham saqlanib qolganligini ko`rsatadi. Asar markazida chanqovuz chalayotgan ayolni ko`rish mumkin. Bilamizki, chanqovuz surxon madaniyati va milliyligi timsoli sifatida qadrlanadi. Bu orqali ijodkor voha odamlarining an`analarga sodiqligi va qadriyatlarga muhabbatini ochiq ko`rsatib bergan. Chanqovuz chalayotgan ayolning boshida dakana va lachak bo’lib, u surxandaryolik o’rta va katta yoshli ayollar kiyadigan bosh kiyimdir . Ayolning atrofida esa turli qahramonlar gavdalantirilgan: kimdir taom hozirlamoqda, yana kimdir bolasini opichgan. Asarda ijodkor ranglardan mohirona foydalangan bo’lib, bu tomoshabinni tasvirni yaxshiroq anglashiga yordam beradi.
  • Ish yaratilgan yil:

    2020

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    45x65

  • Ishlar seriyasi:

    Maishiy

  • Shahar:

    Termiz

  • Toifa va usul:

    Akvarel, qog'oz

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q