Ish haqida
Shubhasiz, texnologiyaning rivojlanishi, zavod va fabrikalar hayotimizni boy va qulay qildi, ammo bu "zararli ta'sirlarsiz" amalga oshirilmaydi. Bunda asosiy zarba tabiat tomonidan qabul qilindi. Aynan ushbu kartinada shu narsa aniq tasvirlanib, tabiatga, atmosferaga chiiqarilayotgan zaxarli gaz nafaqat tabiatni, insoniyat salomatligiga ham zararli ekanligi hikoya qilinadi. Uzoqdan ko’rinib turuvchi zavod mo’rilaridan chiqayotgan qora kaloritga to’yingan tutun ko’zga yaqqol tashlanandi. Osmonni qoplagan zangori gaz bulutlarga qo’shilib ketmoqda, ma’lum vaqtdan so’ng yomg’ir bo’lib yana yerga qaytadi. Chor atrof qorong’ulikka cho’lg’anmoqda, tog’ yonbag’rining musaffo havosi butunlay halokat yoqasida, Tabiat kushandasi nafaqat zavod, undan chiqayotgan zaxarli gaz, balki shu mudhish xatoning ro’y berishiga sababchi bo’lgan insonlardir. Rasoom o’z asarida tabiatni asrash kerakligi takidlaydi.
Ish yaratilgan yil:
2022
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
55x74,5
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst