Ish haqida
Natyumort bir qarashdayoq kishini e'tiboridan chetda qolmaydi. Ijodkor kartinada yorqin qizil, to'q sariq, tilla rang, to'q jigarranglardan foydalangan. Kartinaning orqa fonida yorqin qizil rangli belqas, atlas dasturxon va popir kashta bilan bezatilgan joypo'sht tasvirlangan bo'lib, bu bilan ijodkor olam tenglik va birlik asosida yaratilganiga urg'u bergan.
Markazda rizqning mo'lligi va barakasi hisoblangan savat, undan yuqoriroqda juft nonlar tasvirlangan. Asar markazida bir biriga teng holatda ishlangan qovoq va obtova tasviri tushirilgan. Obdastaning dasta qismida feruza toshlar bilan jilo berilgan qimmatbaho taqinchoq osilib turgan bo'lsa, belqas ustida o'zining nomdorligi bilan dong taratgan "chust" pichog'i tasvirlangan. Qovoqchaga ilingan qizil shokilali tasbeh tinchlik va osoyishtalik hukm surushidan dalolat berib turibdi. Ijodkor natyumorning asosi oiladagi tenglik va hotirjamlik birlashuvida ekanligini mo'yqalam yordamida mohirona ifodalagan. Asardagi buyumlar tasviri birgalikda mukammal kompozitsiyani hosil qilgan.
Ish yaratilgan yil:
2015
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
65,5x78
Ishlar seriyasi:
Natyurmort
Shahar:
Jizzax
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst