"Tumor"
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    100x71
  • Narx
    14,400,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Ushbu kartina orqali inson hayotida mavjud bo'lgan arzimas buyumlardan ham g'ozallik yarata olish mumkinligi ko'rsatilgan. Asar markazida joylashga ikkita xurmoqovoqchalar go'yo tabiatning tilla rangda jilolantirgan soqqalariga o'xshaydi. Xurmoqovoqchalar so'zana va kashtalar ilib qo'yilgan devorga osig'liq holatda tasvirlangan. Kashtalardagi gul naqshlari va bezaklari yorqin ranglarda aniq tasvirlanishidan insonlar ularni qo'l bilan ushlab ko'rishlari mumkindek ko'rinadi. Qovoqchalardan birining dastasi uzun va ingichka, ikkinchisiniki esa ovalsimon shakldadir. Ular bir ip bilan bog'langan holda tasvirlangan. Ovalsimon qovoqchaga turli rangli iplar bilan bezatilgan " tumorcha" ilingan bo’lib, “turli balo - qazolardan asrasin” deya osib qo'yilgan. Natyurmort puxta o'ylangan kompozitsiya bilan ajralib turadi. Barcha elementlar shakl va rangning uyg'unligini hosil qiladigan tarzda tanlangan va joylashtirilgan. Tasodifiy tartibsizlik emas, balki kundalik narsalarning go'zalligining mukammal tartiblangan holati. Kartinada ijodkor barcha elementlarni shakl va rang uyg'unligini hosil qiladigan tarzda tanlagan va joylashtirgan.
  • Ish yaratilgan yil:

    2014

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    100x71

  • Ishlar seriyasi:

    Natyurmort

  • Shahar:

    Jizzax

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q