"Tun"
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Yo'q
  • O'lcham
    59x50
  • Narx
    6,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Rassom “Tun” deb nomlangan ushbu asarida qishloq hayotining sodda ammo sokin kechasini kuylaydi. Kecha o'zgacha sirlar va ba'zi hisobsiz tashvishlar bilan to'la. Atrof shu qadar sokinki, hattoki yengilgina yozgi shabada ham sezilmaydi. Osmonning qop qora rangi tun zulmatining quyuqligi, vaqtning allamahal bo’lganini bildiradi. Boshqa uylardan qizil tomi bilan ajralib turuvchi xonadon chiroqlari hali o’chmagan, qiya ochiq darvozadan kimdir kelishi kutilayotgandek go’yo. Butun yo’lakni yoritib turgan simyog’och tepasidagi chiroq ham o’sha kishi uchun yoniq qoldirigandek. Rassom palitradan mohirona foydalangan. Bundan tashqari uy atrofida pasham devor, uyning rangi, qishloq hayotini kuylovchi barcha detallar manzarani yanada jonli qilib ko’rsatgan. Rassom tunda o‘ziga xos bir narsani ko‘ra oldi, hamda asar orqali munosabati va kayfiyatini yetkaza oldi. Haqiqiy rassom nafaqat ko‘rganini tasvirlay oladi, balki tomoshabinlarda o‘zgacha kayfiyat uyg‘otadi. Ushbu asarda aynan shunday kayfiyat seziladi.
  • Ish yaratilgan yil:

    2020

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Yo'q

  • O'lcham:

    59x50

  • Ishlar seriyasi:

    Manzara

  • Shahar:

    Samarqand

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q