Ish haqida
    
 
        Kartina bugungi kunda noyob hislat sifatida e'tirof e'tilayotgan mehr va umid haqida "so'zlagan". Tomoshabin "umid"ni yoshi o'tib, qarib qolgan onaxonning mung to'la ko'zlari-yu, ajin bosgan qiyofasida ko'rishi shubhasiz.
Asardagi nursoya o'yini yordamida tabiiylik, yuz tuzilishi va liboslardagi bo'rtmalar aniq chiqishi ta'minlangan. Onaxonning liboslaridan kun sovuq biroq quyoshli havo ekanligini bilib olish mumkin. Boshida moviy rangli naqshinkor ro'mol chambarak qilib bog'langan bo'lib, uning ustidan yashil duxoba ro'mol bo'yin osha o'ralgan. Ustida yoqasi xiyol ochiq ko'k ko'ylak va uning ustidan cheti hoshiyali qalin jemfer kiyib olgan.
    
 - 
                Ish yaratilgan yil:
             - 
                2021
             
- 
                Ishning o'ziga xosligi:
             - 
                O'ziga xos ish
             
- 
                Bezatish:
             - 
                Ramka
             
- 
                O'lcham:
             - 
                76x100
             
- 
                Ishlar seriyasi:
             - 
                Portrait
             
- 
                Shahar:
             - 
                Samarqand
             
- 
                Toifa va usul:
             - 
                Moy bo'yoqlari, xolst