Ish haqida
Ushbu haykaltaroshlik kompozitsiyada urush manzarasi ifodalangan. Dumaloq yer shaklini eslatuvchi fonda vayronaga aylangan uylar, hujumga o’tayotgan qurollangan askarlar, yerda esa yaralangan jangchilarning jasadlari, tinimsiz o’qqa tutayotgan daxshatli tanklar va osmondan yog’ilayotgan raketalar, hamda ularda so’ng qolgan vayronalar tasvirlangan. Asar markazida esa nigohlarida qo’rquv va daxshat qotib qolgan bolakay qiyofasi gavdalanadi. U qo’llarini oldinga cho’zgan holda bu daxshatli urushni to’xtatmoqchidek go’yo. Kompozitsiya plastilindan ishlangan bo’lsada, manzaraning jonliligi, obrazlar dinamikasi va ishlash texnikasi muallifning mahoratidan darak berib turibdi. Ushbu asar orqali tomoshabin o’sha davrning mudhish qiyofasini nafaqat ko’radi, balki his eta oladi ham. Yodgorlik asosi bir pog‘onali qizil g‘ishtdan ishlangan.
Ish yaratilgan yil:
2022
Ishning o'ziga xosligi:
Yo'q
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
67x61x50
Ishlar seriyasi:
Dumaloq haykaltaroshlik
Shahar:
Toshkent
Toifa va usul:
Polestr