Ish haqida
Uzum terimi deb nomlangan ushbu kartina o’zbek xalqining mehnatkashligi va xosildor yerlari haqida kuylaydi. Asarda ayni uzum xosili mavsumi tasvirlanib, unda xosili yig’ilib, kichik yashiklarga joylashtiriladi va o’z manzillariga yetkaziladi. Aynan shu qizg’in jarayon tasvirlangan ushbu asarda osmon moviyligi va bulutlarning yorqin kaloriti bilan ham tomoshabinni o’ziga jalb qiladi. Yuk mashinasidan uzum xosilini tushurayotgan yigit mashaqqatli mehnatga qaramay qaddini tik tutgan holda tasvirlangan, bu esa o’zbek xalqining mehnatkashligi kuylaydi. Uzum donalarini qizg’ish tusi va yam-yashil barglari esa yerimizning xosildorligi timsolidir. Asar oshxona dam olish xonalarini ko’rki bo’lishi mumkin.
Ish yaratilgan yil:
2022
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
89x110
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst