Ish haqida
Xojikentga olib boruv tog’li yo’l asar mavzusi sifatida kuylangan bo’lib, unda ayni yoz mavsumidagi tush payti tasvirlanadi. Buni biz rassomning mohirona ishlatga kalorit va nur-soya o’yinlarida ko’ramiz. Quyosh nurining adirlarga tushishidan xosil bo’lgan yorqin fon nigohimizni uzoqlarda ko’rinayotgan moviy tog’larga qaratadi. Tog’ yo’li qiyalik bo’ylab pastlab ketgan, yo’l yoqasida yakkam daraxtlar qad ko’targan. Daraxtlar va buyumlarning soyasi tik tushishidan ayni tush vaqti ekanligini ko’rsatadi, sokinlikhukm suradi. Ayni shu sabab qoq jaziramada hamma o’zini soyaga urgan yoki dam olmoqda. Ajablanarlisi shundaki, rassom qoyatosh va daraxtlarning moddiyligini oldingi planda aks ettiradi va rang berishda kaloritning boyligi va ranglarning to'lib-toshganligi bilan ajralib turadi. Ammo rassomning chinakam mahorati uning soxta pafosdan holi sokin, tabiiy ishlash uslubi Xo’jakent tog'larining ulug'vor go'zalligini ta'kidlaydi.
Ish yaratilgan yil:
2022
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
50x40
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst