Ish haqida
    
 
        Ushbu kartinada rassom yoz oqshomlaridan birini tasvirlagan. Kompozitsyaning  asosi masjid hovlisi bo`lib, uning atrofida ustunli ayvon mavjud. Ustunlar hamda darvozalar o`ymakorlik san`ati asosida pardozlangan.  Atrofda esa hujralar va daraxtlarning soyalari o`ynab turibdi. Oy yorug`ida nuroniy otaxon Ollohga zikr aytish bilan band. U yulduzlar bilan to`lib-toshgan osmonga qaragancha buyuk Yaratuvchini ulug`lamoqda. Ijodkor bunda hech qanday serhashamlik yoki jozibadorlikka yo`l ochmagan. Tomoshabinga faqat musulmon insonning pok yuragini-yu, Robbisi ishqiga to`la qalbini ko`rsatishga harakat qilgan va tom ma`noda buni uddasidan chiqqan. Bu esa asar mohiyatini yanada oshirgan.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                2023
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Ramka
            
  
                O'lcham:
            
 
                95x109
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Maishiy
            
  
                Shahar:
            
 
                Samarqand
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Moy bo'yoqlari, xolst