Adirda
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Yo'q
  • O'lcham
    120x65
  • Narx
    15,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Manzara janrida ishlangan ushbu kartinada tabiatning kuzgi ko`rinishi aks etgan. Peyzaj sodda shu bilan birga aniq tasvir uslubiga ega. Asarda erta tong, quyosh ufqdan bosh ko`tarayotgan mahaldagi adir go`zalligini ko`rish mumkin. Shu bilan birga rassom tabiat olamining eng nozik, tipik holatini anglab , unga bo`lgan estetik munosabatini ham bildirgan. Kartinaning old qismida sokin daraxtlar quyoshning xira nurlari ostida ham yorqin va porlab turibdi. Kuzgi osmon deyarli bir xil, moviy rangda tasvirlangan. Biroz bulutli bo`lsada qayg`u yo`q. Uzoqdagi purviqor tog`lar moviysimon, ko`kimtir tusda osmon bilan uyg`unlashib ketgan. Asar orqali tabiatning yengil nafasini his qilamiz. Saxiylik bilan yaratilgan bu shabada nafasi eshitilmaydi ammo yomg`ir hidlari kabi salqinlik va poklik bag`ishlaydi.
  • Ish yaratilgan yil:

    2020

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Yo'q

  • O'lcham:

    120x65

  • Ishlar seriyasi:

    Manzara

  • Shahar:

    Namangan

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q