Ish haqida
    
 
        Rassom ushbu kartinada ko’proq hissiyotlarga urg’u beradi. Asarning “Aks sado” deb nomlanishi ham uning mazmuniga ishora qiladi. Barchaga ma’lumki, aks sadoni ushlab ham, ko’rib ham bo’lmaydi. Uni faqat tinglash, his qilish mumkin. Aslida aks sado qandaydir tovushning to’siqqa urilib qaytishidan hosil bo’ladi. Bu musiqa, qichqiriq hattoki oddiy hushtak tovushi bo’lishi ham mumkin. Ammo uni tinglovchi uchun bu o’zi xos hissiyotni uyg’otadi. Rassom bu asarda shunday tuyg’ularni ifodalashga harakat qildi. U tartibsiz, ma’lum qolipga ega bo’lmagan, ammo yorqin va rang-barangdir. Bir qarashda kartina turli ranglar aralshmasi bo’lib ko’rinsada, yaxshiroq e’tibor berilsa tomoshabinni asar tubiga tortib ketadi. Har bir tomoshabin unda o’zgacha hissiyotni tuyadi, ularning har biri uchun yangidan o’zgacha qiyofada namoyon bo’ladi.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                2012
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Yo'q
            
  
                O'lcham:
            
 
                90x70
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Maishiy
            
  
                Shahar:
            
 
                Qarshi
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Moy bo'yoqlari, xolst