Ish haqida
“Anor” kompozitsiyasi ijodkorning o’ziga hos g’oyalarini o’zida mujassam qilgan asar. Unda haykaltaroshlar tomonidan ko’pbora murojat qilingan mavzu - ayol tasvirlangan. Ijodkor insonni ishtirok etkazmagan xolatda ayolni ifodalab berishga harakat qilgan. Tom manoda bunga erisha olgan ham.
Ayolni ifodalash uchun uning libosi sanalgan paranjidan foydalanilgan. Paranji uzoq vaqtlar mobaynida ayollarning go’zalligi, latofati, ibosi va hayosi ramzi bo’lib kelgan. Paranjining yuqori o’ng burchagida gul tasvirlangan. Go’yo ayol chakkasiga gul taqib olgandek. Bu uning mehribonligi, xushmuomila ekanining belgisi sanaladi.
Paranjining ichki qismida anor tasvirlanmoqda. Anor farzand va oila belgisi. Anor asarga o’ziga hos ramziy ma’no bergan, ayollar butun hayoti davomida oilasi va farzandi uchun yashaydi, ularning tarbiyasi uchun qayg’uradi. Ayol farzandlarini o’z bag’rida tarbiyalaydi, asraydi. Shuning uchun ham ijodkor anorning paranjining ichida tasvirlamoqda.
Haykalning pastki qismida zamok ifodalangan. Bu ayolning doimo sirli ekanligi, to’liq ravishda uni anglash mumkin emasligidan dalolat berib turibdi. Boshqa tomondan qarasak zamok o’tmish va kelajak belgisi ham sanaladi. Ayollar o’tmishda ham bugungi kunda ham o’zgarmagan, faqat oilasi va farzandi kamoli uchun yashamoqda.
Ish yaratilgan yil:
2019
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
215 cm
Ishlar seriyasi:
Dumaloq haykaltaroshlik
Shahar:
Toshkent
Toifa va usul:
Polestr
-
-
Zakaz asosida 30 kun ichida tayyorlab beriladi
Zakaz asosida 30 kun ichida tayyorlab beriladi