Ish haqida
    
 
        Ushbu kartinada o’zaro bir-biriga bog’liq va uyg’un buyumlar kompozitsiyasi aks ettirilgan. Asosiy e’tibor asar markazidagi anor mevalariga qaratilgan. Anor va olma birgalikda oila, baxt va sevgi ramzi hisoblanadi. Fon sifatida ishlatilgan sariq, feruzarang matolar, dutor va kitoblar kompozitsiyani yanada jozibali qilib ko’rsatmoqda. Kartina juda sodda kompozitsiyadan tashkil topgan, ammo bu yerda asosiy rolni yorug'lik, rang, shakllar va ob'ektlarning fazoviy joylashuvi o'ynaydi. Kartina tomoshabini o’ziga jalb qila oladigan, ko’ngilga yaqin iliq hissiyotni uyg’otadi.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                2022
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Ramka
            
  
                O'lcham:
            
 
                90x60
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Natyurmort
            
  
                Shahar:
            
 
                Samarqand
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Moy bo'yoqlari, xolst