Avtoportret
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    45x57
  • Narx
    15,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Ushbu kartina muallif Muhammadiyev Esanning avtoportreti hisoblanadi. Asarda rassom o’zini alohida, hech qanday qo’shimcha detal va obrazlarsiz tasvirlaydi. Uning liboslari, yuz qiyofasi o'ziga xos tarzda ishlanib, o'zining ijodiy kasbini ham ta'kidlaydi. Qalin sviter, oq yoqali xalat va qora sharf rassomni yanada salobatli qilib ko’rsatgan. Muallif yuz ifodasida esa biroz tepaga ko’tarilgan qoshlar, ko’zlari bir nuqtaga tikilgan ishonchli nigoh va nim tabassum uning harakterini ochib bergan. Qirrali burun, biroz bo’rtgan yanoqlar, yosh o’tgan sari mashaqqatli mehnatdan oqargan va to’kilgan sochlar, quloqlar anatomik jihatdan aniq va mukammal ishlangan. Fon sifatida kulrang, neytral bo’sh fazo tanlab olingan. Ishning texnik yechimi -sof ranglar, aniq chiziq liniyalari va yarim profil kartinada rassom ruhiyatini aks ettira olgan.
  • Ish yaratilgan yil:

    2019

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    45x57

  • Ishlar seriyasi:

    Portrait

  • Shahar:

    Samarqand

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q