Ish haqida
Kartina muallifi o'z asari nomini «Ayol qalbi» deb nomlar ekan, uni ochish uchun turli xil ramziy elementlardan foydalanishga uringan. Asar kompanovkasi oddiy bo'lib, undan birinchi planni paranji o'ragan ayol o'rin olgan. Ayol yo’lak tomon sekin yurib ketmoqda. Qarshisida esa yog’och yo’lakcha turibdi. Bu yo’lak orqali esa rassom ayolning qalbini ochib berishga harakat qilgan. Yo'lakcha qorong'u va tushunarsiz. Uning tashqarisida esa ayolning ushalmagan orzulari narvon timsolida berilgan. Rassom o'z dunyoqarashi bilan Ayol qalbini yog'ochga tenglashtirilgani va uni bo'm bo'sh ishlangani ayolning moslashuvchan, har qanday vaziyatga ko'nikuvchan ekanligini ko'rsatishga intilgan.
Ish yaratilgan yil:
2020
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
80x60
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Toshkent
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst
-
-
Bu asar yagona nusxada
Bu asar yagona nusxada