Ish haqida
    
 
        Kartina manzara janrida ishlangan. Rassom asar uchun syujetni asosan tabiatdan olgan. Butun lanshaft bahorning iliq havosi bilan to`lib toshgan. Muallif bunda tabiatning uyg`onishi bilan bahor kirib kelishini va havo isib, atrof fayzga to`lishi qalamga olgan. Asar markazida tasvirlangan masjid to`liq kompozitsya yaralishiga asos bo`lgan. Moviy osmon kaloriti hamda atrofning yam-yashil ko`rinishi asarni maftunkorligini ta`minlagan. Rassom “bahor”ni yangi tug`ilish, tirilishning ramzi sifatida tasvirlaydi. Har bir detal bir-biriga shu qadar uyg`unki go`yo manzarada butun borliqning ruhi tasvirlanayotgandek.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                1970
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Ramka
            
  
                O'lcham:
            
 
                95x95
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Manzara
            
  
                Shahar:
            
 
                Samarqand
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Moy bo'yoqlari, xolst