Ish haqida
Ushbu namoyon Bahor deb atalib, yashil baxmal ustida zarhal va kumushrang iplar yordamida bezak berilgan. Unda voqelik shartli umumlashma tasvir orqali ochib berilgan. Ijodkor gular va barglar tasviri orqali chamanzor, gulzorni o’zida aks ettirgan. Namoyonni bezashda girih va islimiy naqshlardan mohirona foydalanilgan. Ushbu namoyonda girih asosiy, o’simliksimon naqsh to’ldiruvchi o’rin tutgan va u asosiy naqsh yani girihni bosib o’tmagan. Bu esa murakkab naqsh mujassamotini yuzaga kelishiga olib kelgan.
Atrofi ensiz tasma holidagi xoshiya bilan o’ralgan. Unda bir naqshni uzluksiz takrorlash natijasida “zanjira” naqshi hosil qilingan. Yashil, ko’k va qizil ranglar mukammal uyg’unlashtirilgan.
Ish yaratilgan yil:
2018
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
340x270
Ishlar seriyasi:
Zardo'zlik
Shahar:
Buxoro
Toifa va usul:
Baxmal, zar ip