Baxmalda
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    50x50
  • Narx
    4,500,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Manzara janrida yaratilgan ushbu kartinada Baxmal tumani go’zal qiyofasi aks ettirilgan. Kartina yagona kompozitsion tizimga ega. Unda tasvirlangan pastxam, ammo shinam qishloq uylari yuqoridan kuzatilgan holatda tasvrlanadi. Bir-biriga ulanib ketgan uylarni kichik tuproqli yo’l ikkiga ajratib turibdi. Daraxtlar yam-yashil bo’lsada, yerlarda maysalar issiq taftidan sarg’aygan. Bu holat manzarada yoz faslidagi tush mahaliga ishora qiladi. Kartinada inson obrazi tasvirlanmagan bo’lsada, landshaft manzarasi ularning kundalik hayoti tabiiy ravishda, bir oqimda o’tayotganini ko’rsatadi. Ushbu syujet go’yoki tabiiy dunyo bilan bir butunlikni tashkil qiladi. Asarda asosan sariq rang ustunlik qilgan. Bu asar mohiyatini tabiat va manzara ruhiyatini tomoshabinga yetkazishda katta ro’l o’ynagan. Dara so’nggida tog’lar va moviy osmonga ulanib ketishi tabiatning cheksizligi, ko’z uzib bo’lmas tabiiy go’zalligi ko’rsatadi.
  • Ish yaratilgan yil:

    1971

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    50x50

  • Ishlar seriyasi:

    Manzara

  • Shahar:

    Samarqand

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q