Ish haqida
    
 
        Asar primitiv va shu bilan birga murakkab yechimga ega. Unda rassom birinchi planda bedana qafasi va keying planda do'ppilarni ifoda etgan. Rassom qafasdan majoziy manoda foydalangan. Inson ruhi o’z tanasiga bandi qilingan. Xuddi bedana kabi. 
 Asarda do’ppilar qurshovida tobut tasvirlangan.  Rassom hech qanday qo'l, kishilarning boshi, oyoqlarisiz, oddiygina do'ppilar bilan ularning insonlar to’dasi ekanligini bildira olgan. Ular orasidagi tobutni esa bir nechta insonlar ko'tarib ketayapti, Bu dunyoda hech kim abadiy emas. Hamma bir kun kelib bu dunyoni tark etadi. Ruxlar ham o’z qafasidan qutiladi. Shunday vaqtda insonni qilgan ishlari, uni tobutini ko’targan odamlar soni va u qilgan yaxshiliklari bilan o’lchanadi. 
Bedana qancha chiroyli kuylasa uni ovozini shuncha ko’p inson eshitadi. Inson ham qancha ko’p insonlarga yaxshilik qilsa shuncha ko’p inson uni yaxshi so’zlar bilan yod etib yashaydi.
    
 - 
                Ish yaratilgan yil:
             - 
                2021
             
- 
                Ishning o'ziga xosligi:
             - 
                O'ziga xos ish
             
- 
                Bezatish:
             - 
                Yo'q
             
- 
                O'lcham:
             - 
                100x60
             
- 
                Ishlar seriyasi:
             - 
                Maishiy
             
- 
                Shahar:
             - 
                Toshkent
             
- 
                Toifa va usul:
             - 
                Moy bo'yoqlari, xolst
             
 -  
-  
                        Bu asar yagona nusxada
                     
                        Bu asar yagona nusxada