Ish haqida
Kartinada milliy ruhdagi oddiy chorvador xalqlarga tegishli bo'lgan buyumlar tasvirlangan bo'lib, ular kichik hajmli, olib yurishga qulay qilib ishlangan. Ijodkor asarda nur soya o’yinidan mohirona foydalana olgan. Bu esa qovoqmeshni birinchi planga chiqargan. Natyumortda buyumlarning shakli, rangi, fakturasi, tuzilishidagi ritmik holati va dinamikasi mohirona ochib berilgan.
Mesh sariq rangda tasvirlangan bo'lib, unga rangli iplar yordamida bezatilgan tumor osib qo'yilgan. Mesh ortida dasturxon va belqas tasvirlangan. Belqas atlas nusxa ko’rinishida, dasturxon esa milliyligimizning yana bir takrorlanmas na'munasi bo'lgan "quroq" ko’rinishidadur. Chap tarafda ipga tizib quyilgan qalampir shodalari ilingan bo'lsa, ong tarafda quritilgan olxo'ri novdasi bilan ilingan. Ijodkor ushbu naytrumortda o'sha xudud madaniyatini rangli chizgilar orqali betakror tasvirlagan.
Ish yaratilgan yil:
2015
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
78x58
Ishlar seriyasi:
Natyurmort
Shahar:
Jizzax
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst