Bolalik
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    204x70
  • Narx
    18,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Bir mazmun bilan bog’langan ushbu diptix bolalik xotiralariga bag’ishlanadi. Asarning birinchi qismida syujet kuzgi qishloq manzarasi fonida ishlangan. Asosiy personajlar bolalar bo’lib, ularning biri eski traktor baloni ichiga kirib olgan, ikkinchisi esa unga suyangan holda tasvirlangan. Uzoqdan ko’rinib turgan eski qishloq uylari, buta devorlar, yalang’och daraxt kuz manzarasini yanada jozibali qilib ko’rsatgan. Rassom butun asarni sarg’ish, jigarrangdan foydalanishi va markazda bolalar liboslarining ajratib ko’rsatilishi tomoshabin e’tiborin o’ziga jalb qiladi. Asarning mazmunida beg’ubor, tashvishlarsiz bolalik dunyosi hikoya qilinadi. Asarning ikkinchi qismida manzil boshqa bir nuqtaga ko’chadi. Bu ham yig’ilgan o’tinlar va somonlarni saqlovchi ombor, ham ustaxona vazifasini o’tovchi xona tasvirlanadi. Ammo personajlar chehrasi o’zgarishsiz, o’sha nigoh, o’sha tabassum. Asar qahramonlari dam olish yoki kimdandir berkinish vajidanmi bu xonaga kirishgan. O’zlari uchun katta mato yopilgan somonni maqul joy sifatida tanlashgan. Muallif bolalarning sodda beg’ubor nigohlarida dunyo go’zalligin anglash va hayotdan bolalar kabi zavqlanib yashash kerakligiga ishora qiladi.
  • Ish yaratilgan yil:

    2021

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    204x70

  • Ishlar seriyasi:

    Maishiy

  • Shahar:

    Navoiy

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
  • ico
    Bu ish ARTSCURE saytida qayta sotilishi mumkin.
    Bu ish ARTSCURE saytida qayta sotilishi mumkin.
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q