Ish haqida
Maishiy janrda ishlangan ushbu asarda an’anaviy o‘zbek hovlisidagi supada o‘tirgan buvi va nabira qiyofasi tasvirlangan. Hovlida eski deraza romlari, biroz nuragan devorlar va keng yo’lak ko’zga tashlanadi. Daraxt shoxlarida barg yaproqlari, yerda esa maysalar bo’y ko’rsatgan. Asosiy planda supaga o’tirgan nuroniy buvi va uning nabirasi qiyofasi gavdalantirilgan. Qizaloq va buvining liboslaridan ilk bahor oylari ekanligini sezish mumkin. Kunlar isigan bo’lsada, yengilgina nimcha va paypoqlardan voz kechishga ulgurilmagan. Rassom buvining nabirasiga bo‘lgan cheksiz mehrini uning yuz ifodasida ta’kidlab tasvirlaydi. Ayol oq rangli libosda tasvirlangan. Qahramonning sochiga ro‘mol band qilib bog‘langan. Buvining yoshi, ajin qo'llari va yuzi mehnatga yo’g’rilgan mashaqqatli o’tmish hayotidan darak beib turibdi. Asar muqaddas o’zbek ayolini matonati, bardoshi va cheksiz mehrini kuylaydi.
Ish yaratilgan yil:
2022
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
60x90
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Navoiy
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst
-
-
Bu asar yagona nusxada
Bu asar yagona nusxada