Ish haqida
Ushbu kartinada Poyi Kalon me`moriy ansamblining bir qismi hisoblangan Minorayi Kalon (Arslonxon minorasi) yodgorligi aks etgan. Asar manzara janrida bo`lib, ochiq osmon ostida tasvirlangan va o`zining uyg`un shakli, aniq chiziqlari bilan e`tiborni tortadi. Qadimiy inshootlar orasida alohida o`rin tutgan ushbu minora yuqoriga qarab ingichkalashib borgan hamda muqarnas bilan tugagan. Bu esa asarga chinakam go`zallik va mahobat bag`ishlagan. Atrof qadimgi Buxoro me`morchiligiga xos tarzda ifodalangan va bu bilan kompozitsya boyitilgan. Kechki paytdagi nursoya muhitning sirliligini ko`rsatib turibdi. Bu esa o`z navbatida qadimiylikning muhim belgilaridan biri hisoblanadi.
Ish yaratilgan yil:
2022
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
50x70
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst