Ish haqida
Asar qadimiy Buxoro ko’chalari haqida hikoya qiladi. Kompozitsiyaga kirish markazdan boshlanib, kichik tor ko’chalarga ulanib ketadi. Orqa fonda esa mahobatli Poyi kalon me’moriy ansambili qad ko’targan. Asarda och sarg’ish rang berilgan ko’chalar, moviy gumbaz, arxitekturaviy yechim o’sha davr ruhini aks ettirgan. Nur soya o’yinlaridan mohirona foydalanish orqali rassom ayni tush mahali ekanligini ko’rsatib beradi. Markazdan kartina ichkarisiga qarab yurilganda maydon torayib uzoqlashib boradi. Rassom buni tasvirlangan personajlar orqali ko’rsatib bera olgan. Asarda tasvirlangan pastxam uylar, mahobatli ansambil, tuproqli yo’llar qadim Buxoroni kuylamoqda.
Ish yaratilgan yil:
2021
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
28x34
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Shahrisabz
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst
-
-
Bu asar yagona nusxada
Bu asar yagona nusxada