Ish haqida
Manzara janrida ishlangan ushbu kartinada Buxoroning eski ko’chalari aks etgan. Tasvirdagi eski pastak uylar, pasxa devorlar va ko’cha bo’ylab harakat qilayotgan paranjiga o’rangan ayollar orqali tomoshabin asar ruhiyatiga singib ketadi. Nur va soya o’yinidan mahorat bilan foydalangan ijodkor, devor orqali tushib turgan soya yordamida ayni dam tush vaqti ekanligini ko’rsatib beradi. Kartinada asosan to’q sariq, jigarrang va kulrangdan foydalanilgan bo’lib, tasvir aniq, qisqa va tushunarli tarzda tomoshabin e’tiboriga havola etilgan. Sokinlik va sukunat hukm surgan kartina orqali ijodkor inson hayotidagi bir lahzalik hotirjamlikni bo’yoq orqali qog’ozga ko’chirgandek his qiladi, albatta.
Ish yaratilgan yil:
1990
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
all size
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Buxoro
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst