Ish haqida
    
 
        To`n, chopon-ustki milliy kiyim. Avra-astarli, uzun, yengli, tik yoqali,  oldi ochiq. Bichimi to`g`ri bichimli. Avrasi ko’k baxmal. Bezaklari guldo`zi va zamindo`zi usulida tikilgan. Bezaklari uchun dastlab naqsh chizilgan, so`ngra tayyor sidirg`a baxmal matoga qadab chiqilgan. Zar ip bilan bir tomonlama qoplab tikilishi  natijasida biroz bo`rtma naqshgul hosil bo`lgan. 
To’nning yoqasi bo’ylab bodom gul naqshi tushirilgan. Bu usul qadimdan qimmatbaho to`nlarga ishlatilib kelingan va  bunday to`nlar  asosan amir, uning oila a’zolari va amaldorlariga xos bo`lgan.  Bu to`nning badiiy qimmati uning naqsh mujassamoti bo`lib, u zardo`zning did va nafosatini ko`rsatib bergan.
    
 - 
                Ish yaratilgan yil:
             - 
                2007
             
- 
                Ishning o'ziga xosligi:
             - 
                O'ziga xos ish
             
- 
                Bezatish:
             - 
                Yo'q
             
- 
                O'lcham:
             - 
                S
             
- 
                Ishlar seriyasi:
             - 
                Zardo'zlik
             
- 
                Shahar:
             - 
                Buxoro
             
- 
                Toifa va usul:
             - 
                Baxmal, zar ip