Ish haqida
O'zbek xalqi mehmondo'stligi bilan butun dunyoga mashhur. Mehmon esa eng qadrli insof sifatida doim dasturxon to'rida o'tiradi. Ushbu natyumortda kuz fasli ne’matlari aks etgan dasturxon va undagi to'kinlik tasvirlangan.
O'simliksimon orlamentlar bilan bezatilgan osma gilam tabiatning barcha ranglarini o'zida mujassamlashtirgan chamanzor kabi tomoshabin qalbiga zavq ulashadi. Gilam ustida atlas nusxa dasturxon yoyilgan bo'lib, uning girdi bo'ylab nafis naqsh tushurilgan.
Rizqning mo'lligi dasturxon to'kinligiga bo'g'liq bo'lgani kabi, kartinadagi dasturxon to'kis va mo'l - ko'l. Unda uzumning husayni, kishmish, sultoni va charos turlari, anor nok va olmalar nozik iplar yordamida dasturxon bo'ylab osib qo'yilgan.
Kartinani tomosha qilar ekansiz, tabiiy tasvir, ranglarning mukammalligi va jozibadorlik sizni kartinadan ko'z uzolmasligingizga sababchi bo'ladi.
Ish yaratilgan yil:
2014
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
100x100
Ishlar seriyasi:
Natyurmort
Shahar:
Jizzax
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst