Ish haqida
Ushbu dumaloq haykaltaroshlik (molberd haykaltaroshlik) namunasi 50 sm bo’lib, yong’oq daraxtidan yasalgan. Unda dehqon bobo boshi ishlangan, asosan shaxs obrazini ifodalash orqali uning ichki dunyosi ham ochib berilgan. Boshida milliy do’ppi kiygan, buralib tushgan mo’ylov va soqol, bo’rtib turgan yanoqlar asl mehnatkash oddiy xalq siymosini esga soladi. Keng peshona va yonib turgan ko’zlar esa inson shijoatidan darak berib turibdi. Haykalda hatto bilinar-bilinmas lab harakatini ham sezish mumkin. Bu undagi yuqori ko’tarinki kayfiyatni ifoda etadi.
Ish yaratilgan yil:
2002
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
50
Ishlar seriyasi:
Dumaloq haykaltaroshlik
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Yog'och