Ish haqida
Maishiy janrda ishlangan ushbu kartina inson hayotida eng muhim tuyg’ulardan hisoblangan do’stlik va ahillik haqida. Asosiy obraz sifatida tanlangan ikki yosh qiz, o’zlarining sof qalblarida do’stlik kurtaklarini ochirishgan. Qizlarning biri tik turgan holatda tasvirlangan bo’lib, boshida qizil qalpoq, egnida esa yashil libos kiygan. Ikkinchisi oyoqlarini chalishtirib o’tirgan holatda. Boshida yashil do’ppi, egnida to’q sariq libos kiygan qizaloq, sochlarini o’rish bilan mashg’ul. Qizlar oyoq yalang holatda tasvirlangan. Bu esa ayni vaqt yoz pallasi ekanligini va kun issiq ekanligidan dalolat berib turibdi. Qizlarning qarshisida ko’za chizilgan bo’lib, bu ularning suv bahonasida diydorlashishgani bildiradi. Kartinaning orqa fonida qishloq uylarini ko’rish mumkin. Uzun simyog’och ustunlari keng dalalar bo’ylab saf tortgan holatda qad rostlab turibdi. Dala bo’ylab eshak minib olgan yo’lovchi tasviri esa qishloq yaqin atrofda ekanligidan guvohlik beradi.
Ijodkor kartinani o’ziga xos, yorqin kaloritda tasvirlagan. Ranglarning bir- biriga uyg’unligi va boyligi tabiat tasvirini yanada jilokor ko’rsata olgan. Kartinani tasvirlashda kichik epizotlarga ham e’tibor qaratganligi tomoshabin diqqatidan chetda qolmasligi aniq.
Ish yaratilgan yil:
2005
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
46x66
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst