Ish haqida
    
 
        Asar manzara janrida ishlangan bo`lib unda kuzning o`zgacha qiyofasi aks ettirilgan. Tabiatning holati doim inson kayfiyati bilan mos keladi. Ushbu kartinada ham rassom o`z ruhiy holati bilan manzarani uyg`unlashtirishga harakat qilgan.  Kartinada syujetning asosiy  komponenti eski va ulug`vor daraxt, qolganlari esa shunchaki bezak, fon. Aynan shu daraxt orqali ijodkor  kompozitsyaga sokin va osoyishta muhitni yaratib bergan.  Barglar sarg`ayib yerga to`kila boshlagan vaqt, shuning uchun ham atrofga sariq kalorit yetakchilik qilgan. Bu esa asarga shukuh bergan. Tomoshabin aynan shunga ergashib, o`zini bog`da bemalol sayr qilayotgandek his qiladi. Atrof go`yo tomoshabinni qo`yib yuborgisi kelmay o`rab oladi.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                2000
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Ramka
            
  
                O'lcham:
            
 
                all size
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Manzara
            
  
                Shahar:
            
 
                Toshkent
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Moy bo'yoqlari, xolst