Ish haqida
    
 
        Ushbu kartina tabiatning inson ko’zi bilan ilg’ay olmagan go’zalligini tasvirlaydi. Kompozitsiya syujeti sifatida qishloq chetidagi daraxtzorli yo’l yoqalab oqayotgan, issiqqa to'yingan anhor manzarasining samimiy tasviri tanlab olingan. Asar tom ma'noda jonlanadigan tabiat ruhini mohirona aks ettiradi. Yam-yashil barglar yengil shabada tasirida sham alangasi kabi titraydi, moviy musaffo osmon yozning sokinligini kuylaydi.  To’yingan boy, yorqin kalorit, yumshoq rang va yorug'likning mohirona yechimi asar jozibasini yanada oshiradi. Muallif ushbu kartina orqali shaffof yoz kunining jozibali sukunatini yetkaza olgan.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                2022
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Ramka
            
  
                O'lcham:
            
 
                120x80
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Manzara
            
  
                Shahar:
            
 
                Namangan
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Moy bo'yoqlari, xolst