Ish haqida
Quyidagi namoyon markazida guldondagi gul tasviri ishlangan. Qadim zamonlardan beri gul to’la guldon tasviri ramziy ma’noga ega hisoblangan. Mutaxassislarning tadqiqotlariga ko’ra, guldonning ichidan yuqoriga qarab o’sib chiqqan o’simlik timsoli kosmologik ma’noga ega bo’lib, barcha tirik mavjudotlarning ramzi bo’lgan. Vaqt o‘tgani sari guldon va gulning dastlabki ma’nosi unutilgan. Uning ko’pqirrali ramzlari esa real dunyo go’zalligi g’oyasini targ’ib qilib, ommalashgan naqsh usuliga aylanib qolgan. Bugungi kunda guldondagi gul bahorda gulga burkangan bog’ timsolini, to’kin-sochinlik va baxtli hayot ifodasi sifatida tarannum qilinadi.
Guldonning pastki qismida “Buxoro” so’zi zarhal ipda bo’rtma qilib tikilgan. Namoyonning chekka qismlari keng hoshiya bilan o’ralgan bo’lib, unda “zanjira” naqshi tushirilgan.
Ish yaratilgan yil:
2015
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
200x105
Ishlar seriyasi:
Zardo'zlik
Shahar:
Buxoro
Toifa va usul:
Baxmal, zar ip