Hammomda soch olish
  • Tabiiy rang, akvarel, tempera
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    33x45
  • Narx
    10,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Ushbu minyatura nozik chizgilari, xilma-xil syujeti va turfa xil koloritga boyligi bilan hech bir tomoshabinni diqqatidan chetda qolmaydi. Asar buyuk ijodkor Abdurahmon Jomiyning “Silsilat al-zahab” asarining ikkinchi daftari bo’lgan “Haft avrang” (Yetti taxt) mazmuniga ko’ra ishlangan. Minyatura Buxoro ipak qog’ozida ishlangan bo’lib, unda tabiiy ranglar, tempera, akvarel va oltin yordamida sayqal berilgan. Asarda ikki qavatli, nihoyatda ko’rkam hammom tasviri aks etgan. Birinchi qavatda zodagonlarning yuvinish, soch-soqol olish jarayoni tasvirlangan bo’lsa, ikkinchi qavatda hammomdan chiqqanlar o’z liboslarini kiyib, o’zlariga oroyish berish jarayoni aks etgan. Tasvir syujeti qahramonlarining liboslaridan bu yerda turli millat vakillari doimiy tashrif buyurishini bilish mumkin. Bino devorlari nafaqat turli bezak va naqshlar yordamida sayqal berilgan, shuningdek fors tilida, qora nasta’liq yozuvi bilan bitik ham bitilgan. Yorqin ranglarning boyligi, betakror kompozitsiya, mukammal chizgilar natijasida minyatura haqiqiy san’at asari darajasiga erishgan.
  • Ish yaratilgan yil:

    2017

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    33x45

  • Ishlar seriyasi:

    Minyatura

  • Shahar:

    Buxoro

  • Toifa va usul:

    Tabiiy rang, akvarel, tempera

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q