Ish haqida
Ijodkor o’z asarida haykaltarosh, “Mehnat shuhrati” ordeni egasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Ilhom Jabborovni tasvirlagan. Ko’rib turganingizdek haykaltarosh hayollar girdobida. Kursiga o’tirgan holda oyoqlarini bir biriga tutashtirib, qo’lini yuziga qo’ygancha, yangi yaratiladigan ishini hayolan ongiga chizishga harakat qilmoqda. Nigohi jiddiy bir nuqtaga qaragan.
Haykaltaroshni nima o’y – hayolda ekanini ko’rsatib berish uchun ijodkor yon tarafda Amir Temur haykalini ishlagan. Bu Ilhom Jabborov tomonidan 1993 yil Toshkentning Amir Temur hiyoboni uchun ishlangan haykalidir. Unda Amir Temur ot mingan, dubulgʻa kiygan, kamarida gʻilofli qilich bilan tasvirlangan va egarga biriktirilgan qalqon bilan ifodalangan.
Ish yaratilgan yil:
2022
Ishning o'ziga xosligi:
Yo'q
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
31x20x46
Ishlar seriyasi:
Dumaloq haykaltaroshlik
Shahar:
Toshkent
Toifa va usul:
Polestr