Ish haqida
    
 
        Asar maishiy janrda ishlangan bo’lib, odatiy hayotiy manzarani hikoya qiladi. Kartinada asosiy e’tibor olamon bilan to’lgan, qizg’ish-kulrang tus olgan landshaftga qartilgan. Barcha personajlar doimiy hayot tarzi bilan band. Quyosh botayotgan mahali atrof qizg’ish tusga kirgan. Kimdir uyga tomon ulovida shoshib qaytmoqda, ba’zilar esa qizg’in suhbat ustida, faqat bir itgina o’z nigohini bir nuqtaga tikkancha hurmoqda. Balki u kimnidir ogohlantiryotgandir, balki daydi mushuk uning e’tiborini tortgandir. Butun olamon uzra ko’tarilgan shovqin, it hurishi bilan bizga doimo uchratadigan, ko’ngilga yaqin manzara xotiralarini yodga soladi.  Kartina olam va inson hayotining o’zro uyg’unligini takidlaydi.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                2021
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Ramka
            
  
                O'lcham:
            
 
                150x80
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Maishiy
            
  
                Shahar:
            
 
                Samarqand
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Moy bo'yoqlari, xolst