Kuy uchun ov
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    94x66
  • Narx
    9,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Ushbu asar maishiy janrda yaratilgan bo’lib, unda to’y marosimi tasvirlangan. Kartina nihoyatda yorqin va rang-barang ranglardan foydalanilgani bilan diqqatga sazovordir. Personajlar butun kartina bo’ylab sochib yuborilgan. Kartinaning o’ng tarafida raqsga tushib, qarsak chalib turgan davra ahli va dasturxon ustida suhbatlashayotgan mehmonlar tasvirlangan. Chap tarafida suv qaynayotgan somovarlar va kuy chalayotgan sozandalar, ularning yonida baxtdan sarmast ikki yoshni ko’rish mumkin. Oppoq libosga burkangan kelinchak yuziga xarir parda tutgan holda kuyov yonida sukut saqlab turibdi. Markazda kuy ohangiga hamohang kuyov jo’ralar poyondozni “ov” qilishayotganini ko’rishimiz mumkin. Milliy qadryatimizdan biri hisoblangan ushbu an’ana davra ahliga yanada ko’tarinki ruh bag’ishab turibdi. Kartinadagi xilma xil personajlar va ko’tarinki ruhiyat tomoshabinda ham shu hissiyotlarni uyg’otishi shubhasiz
  • Ish yaratilgan yil:

    2022

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    94x66

  • Ishlar seriyasi:

    Maishiy

  • Shahar:

    Samarqand

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q