Kuz
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    all size
  • Narx
    Buyurtma asosida baholanadi
Sotib olish
Ish haqida
Kartina manzara janrida yaratilgan bo’lib, unda “sariq libos”ga burkangan tabiat va kuz faslidagi sokin hayot manzarasi aks etgan. Ijodkor tasvirda turfa xil koloritdan foydalangan bo’lsada, asosan sariq rangga urg’u bergan. Asosiy syujet qishloq manzarasidan boshlanib, qir va adirlar bilan uyg’unlashib ketgan. Daraxtlarning qizg’ish-sarg’ish tasviri, qir va vodiylarning “oltin” rangda tovlanishi, so’qmoqlardagi yashilliklarning uzilishidan kuz o’z sepini allaqachon yoyganligini tomoshabin darhol tushunib yetadi. Ijodkor quyoshning kuchsiz nurlarini kartinaning biroz xira ranglari orqali eslatib o’tadi. Kartinadagi o’ziga xos chizgilar, bo’yoqlarning mahorat bilan tanlangani, tabiatning bor chiroyini ko’rsata olishi bilan ijodkor mohir rassom ekanligini barchaga isbot qilib bergani shubhasiz.
  • Ish yaratilgan yil:

    1995

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    all size

  • Ishlar seriyasi:

    Manzara

  • Shahar:

    Toshkent

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q