Ish haqida
Lagan sopoldan ishlangan bo’lib, ustki qismiga shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning portreti tushirilgan. Ijodkor och pushti, qizil, sariq, oq, qora ranglar uyg’unligida, bejirim shakldan, material fakturasidan mohirlik bilan foydalanib, yorqin ifodalilikka erishgan. Unda inson portreti boy ijodiy fantaziya orqali birlashtirilgan. Tasvirda ijodkorning badiiy adabiyotga hamda atrof-muhitga bo’lgan qarashlari aks etgan. Naqshdagi chizgilar o’yini musiqadagi ohang singari, qo’shiq va ertak kabi “xalq hayotiy tajribasining katta umumlashmasidan” tarkib topgan.