Mashrab va farishta
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Yo'q
  • O'lcham
    60x90
  • Narx
    22,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Ushbu kartina Mashrab dunyosiga bag’ishlangan asarlar turkumga kiradi. Unda ishq kuychisi Mashrab samoviy farishta bilan birga tasvirlangan. Personaj qiyofasi odatiy darvishlarga xos: cho’qqi qalpoqli salla, oq yaktak ustidan yelgin chopon. Farishta esa o’zgacha pozada, tor ushlab kuy chalayotgan qiz qiyofasida gavdalantirilgan. Harir libosi butun tana go’zalligi yashirmagan. Aksincha uning jozibasini yanada oshirgan. Asarda farishta obrazi mashuqa, ishqqa ishora qilib, uning ilohiyligini bildiradi. Qo’shimcha detallar: may to’la ko’za, patqalam va bir necha satrlar qoralangan qog’ozlar uyumi kartinaga romantik ruh bergan. Mashrab go’yo kuy ohangiga mast bo’lgancha ko’zlarini yumib, ishq domiga g’arq bo’lgan.
  • Ish yaratilgan yil:

    2010

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Yo'q

  • O'lcham:

    60x90

  • Ishlar seriyasi:

    Maishiy

  • Shahar:

    Samarqand

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q