Ish haqida
Kartina go’zal manzarali, murakkab kompozitsiyaga ega bo’lib, unda ishq kuychisi Mashrabning tushi tasvirlanadi. Asosiy personajlar Mashrab va uni o’rab turgan farishta qiyofasidagi yosh qizlardir. Kartina syujeti sxematik va bir vaqtning o’zida uch o’lchovli tasvirda ishlangan. Masharab asarning markaziy figurasidir. U farishta tizzalariga boshini qo’ygancha osuda uyquda. Farishtalar esa qo’shimcha obrazlar bo’lib, harir, nafis liboslari, sochlari va nozik bo’yinlarini bezab turgan durlar, oppoq qanotlar asarga estetik ruh beradi. Maullif kartinada allegorik detallarga murojaat qilgan- tanasi qush, boshi ayol qiyofasidagi ilohiy mavjudod. Tasvirning fonida tog'li landshaft tasvirlangan. Olisda ko'tarilgan tog 'cho'qqilari oralab tiniq suv oqib kelmoqda. Osuda, maftunkor tabiat. Rassom asar kompozitsiyasida ishqning go’zalligini bor mahorati ila namoyon qila olgan.
Ish yaratilgan yil:
2017
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
80x110
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst