Ish haqida
Xattotlik san`ati me`moriy inshoatlar hamda badiiy buyumlarni bezashning asosiy omili bo`lib xizmat qiladi. O`z navbatida uning asosi arab yozuvi hisoblanadi . Bu yozuvning o`lkamizga kirib kelishi, ushbu san`at turini jadallik bilan rivojlanishiga sabab bo`lgan. Xattotlar bino va inshoatlarni yorqinligini yanada oshirish uchun bor mahoratlarini ishga solib ularni bezashgan. Biz yuqorida ko`rib turgan gumbaz ham ana shunday betakror san’at namunasi hisoblanadi. Unda “Bismillahi Rohmani Rohiym” so`zlari tushurilgan. O`rtada ajralib turgan so`z kufiy yozuvi asosida yozilgan bo`lib, u bino ko`rinishiga yanada ko`rk bag`ishlab turibdi. Bundan tashqari har bir harfning tilla rangda bezalishi tomoshabinni o`ziga tortmasdan qolmaydi. Bu yerda ko`chirilgan har bir harfga nazar solsak, uni san`at mo`jizasi ekaniga guvoh bo`lamiz.
Ish yaratilgan yil:
2023
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
all size
Ishlar seriyasi:
Xattotlik
Shahar:
Andijon
Toifa va usul:
Mo'yqalam, turli ranglar